23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati Sport-TV orqali namoyish etiladi. Bu haqda telekanalning Telegram sahifasida ma’lumot berilgan.

Foto: OFK

Sport-TV qit’a birinchiligining barcha bellashuvlarini namoyish qilishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi 3 ta o‘yini ham bo‘ladi.

Translyatsiya huquqi qay tariqa qo‘lga kiritilgani borasida ma’lumot yo‘q. Quyida o‘zbekistonlik futbolchilarning ketma-ket uch o‘yini qaysi vaqtlarda start olishiga oydinlik kiritilgan.

9-yanvar, seshanba

Qatar — O‘zbekiston 16:30

12-yanvar, juma

O‘zbekiston — Xitoy 13:00

15-yanvar, dushanba

Ummon — O‘zbekiston 13:00

O‘FF Ravshan Haydarov oldiga chempionlik vazifasini qo‘ydi. Osiyo Chempionati 10 kundan so‘ng start oladi