2-yanvar kuni “Chanpin” yuk kemasi Shanxay yaqinidagi Yanszi daryosiga cho‘kib ketdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

10 nafar ekipaj a’zosi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi. Yuk kemasiga 5 ming tonna po‘lat ortilgan edi. Unda hammasi bo‘lib 13 kishi bor edi. Shulardan uch nafar ekipaj a’zosi qutqarildi.

Hozirgi vaqtda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Operatsiyada o‘nlab katerlar ish olib bormoqda.