Miya saratoni tashxisi qo‘yilgan Gollivud aktrisasi va jurnalist Mariya Menunos to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda prodyuser Kevin Andergaroga turmushga chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Mariya ilk bor “ Massachusets go‘zali” nomiga sazovor bo‘lganda tanilgandi. Keyinchalik u “Klinika”, “Yo‘llar ritsari” kabi bir necha serialda suratga tushdi.

Juftlik salkam 20 yildan beri birga, rasman nikohdan o‘tishlariga esa Mariyaning xastaligi turtki berdi. Shifokorlar aktrisa operatsiyani boshidan o‘tkazganiga qaramay, o‘simta kelgusida yana xuruj qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQShning Konnektikut shtatida yashovchi saraton kasaliga chalingan qiz o‘limidan bir necha soat oldin turmushga chiqqani xabar berilgandi.