Rossiyaning Yugra o‘lkasida, Xanti-Mansi muxtor okrugida ikki yengil avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
YTH oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Ularning to‘rt nafari bolalardir.
Mazda 6 va Renault Duster avtomobillari to‘qnashib ketgani ma’lum.
Qutqaruvchilar, politsiya va shifokorlar voqea joyida ishlamoqda.