Parijga “Eleanor” dovuli keltirgan kuchli shamol tufayli 3-yanvar, chorshanba kuni Eyfel minorasi vaqtincha yopildi. Bu haqda minora ma’muriyati ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Mamlakat meteorologiya xizmatiga ko‘ra, tezligi soatiga 140 kilometr yetayotgan kuchli shamol tufayli 51 departamentda xavfning to‘q sariq darajasi joriy etildi.

Bir necha departamentda dovul tufayli jami 9 kishi jabrlandi, ulardan 4 nafari og‘ir holatda. 200 ming xonadon elektr ta’minotidan uzildi.