Qozog‘iston poytaxti — Ostona hokimiyati davlat ishchilariga mo‘ljallangan xizmat transportidan voz kechib, taksi servislariga murojaat etadi. Bu haqda “Vesti Kavkaza” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti Kavkaza”

Tashabbus mualliflari bu chora budjet mablag‘larini tejash imkonini berishini kutmoqda.

Joriy yilda loyiha hokimiyatning barcha avtomobillarini qamrab oladi. 2019-yilda esa mikroavtobus va maxsus texnikadan voz kechiladi.