Eron sharqida 3-yanvar kuni 4,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa O‘rta Yer seysmologiya markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi  “Vestnik Kavkaza”.

Foto: “MIR24”

Yer osti silkinishlari Kirmon shahridan 59 kilometr shimoli-sharqda qayd etildi. Uning o‘chog‘i 2 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hodisa oqibatida vayronaliklar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.