Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida IIBB xodimlari tomonidan 2-yanvar kuni soat 01:00 larda Spark avtomobili to‘xtatildi. Bu haqda IBBB matbuot markazi ma’lum qildi.

Foto: IBBB matbuot markazi

Avtomobil yo‘lovchisi, 1990-yilda tug‘ilgan Adhambek Xo‘jayevning yonidan og‘irligi 1,05 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.