Nyu-York shtati shimolidagi Baffalo shahri yaqinidagi avtomagistralda 35 mashina to‘qnashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohatlandi.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 25 ta yengil va 10 ta yuk avtomobil YTH ishtirokchisi bo‘ldi. Avariyaga qor uyumlari va yomon ko‘rinish sabab bo‘lgani bildirilmoqda.