Angliya Premyer-Ligasining 22-tur bellashuvlari bugun — 3-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadigan London derbisi bilan o‘z yakuniga yetadi. “Arsenal” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasidagi markaziy o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.

Foto: Getty Images

Kecha esa 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uzoq kutilgan ishni qilib, “Manchester Siti”dan ochko tortib olgan “Kristal Pelas” futbolchilari bu safar “Sautgempton” maydonidan g‘alaba bilan qaytib keldi. Devid Moyes boshqaruvidagi “Vest Hem” futbolchilari esa so‘nggi daqiqada urilgan gol sabab irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.

Harri Keynsiz harakat qilganiga qaramay, Londonning “Tottenhem” klubi Uelsda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Manchester Siti” esa Londondagi ochko yo‘qotishidan keyin yana bir ishonchli g‘alabaga erishdi.

APL. “Yunayted” ketma-ket uch durangdan keyin Liverpuldan 3 ochko bilan qaytdi. Klopp jamoasi iroda ko‘rsatdi

Angliya Premyer-Ligasi

22-tur bellashuvlari

2-yanvar, seshanba

“Suonsi” — “Tottenhem” 0:2

Gollar: Fernando Lyorente, 12 (0:1). Dele Alli, 89 (0:2).

“Sautgempton” — “Kristal Pelas” 1:2

Gollar: Sheyn Long, 17 (1:0). Jeyms Makartur, 69 (1:1). Luka Milivoyevich, 80 (1:2).

“Vest Hem” — “Vest Bromvich” 2:1

Gollar: Jeyms Maklin, 30 (0:1). Endryu Kerroll, 59 (1:1). Endryu Kerroll, 93+ (2:1).

“Manchester Siti” — “Uotford” 3:1

Gollar: Rahim Sterling, 1 (1:0). Kristian Kabasele, 13-avt (2:0). Serxio Aguero, 63 (3:0). Andre Grey, 82 (3:1).

3-yanvar, chorshanba

“Arsenal” — “Chelsi” 00:45

4-yanvar, payshanba

“Tottenhem” — “Vest Hem” 01:00

Foto: FotMob