Yangi Zelandiyaning Koromandel shahrida yashovchi kishilar jamoat joylarida Yangi yil bayramida alkogolli ichimlik ichishga nisbatan qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tishning g‘aroyib yo‘lini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Bir necha kishi Tayrua daryosida suv qaytishi vaqtida qumdan sun’iy orol qurdi, u yerga stol joylashtirdi. Suv qaytganda esa ular Yangi yilni nishonladi.

Bayram qilgan kishilar taqiqning ularga amal qilmasligini, chunki ular “xalqaro suvlarda” turganligini aytgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kishilar “oroldan” yarim tungacha ketmagan va u yerdan mushakbozlikni tomosha qilgan.