2017-yil davomida Ravon’ning Rossiyadagi rasmiy vakolatxonasi 12978 avtomobilni sotdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Foto: 1News

Rossiyada 80 markazdan iborat keng dilerlik tarmog‘i faoliyat olib bormoqda.

Sotuvlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay kredit va marketing loyihalari ishlab chiqildi. Jumladan, trade-in tufayli mijozlar Ravon modelini xarid qilish uchun 35 ming rublgacha chegirma oladi, shuningdek, dastur qatnashchilari uchun yo‘llarda imtiyozni ko‘zda tutuvchi Ravon Assistance joriy etilgan.

Kompaniyaning Rossiyadagi vakolatxonasi jami sotuv hajmining kamida 20 foizini tashkil etuvchi korporativ sotuvlarga katta ahamiyat bermoqda. “Yandeks Taksi”, “VTB 24”, “RESO Lizing” bilan sheriklik haqida shartnomalar imzolangan.