2018-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida ikkita — “yashil” va “qizil” koridorlar tartibi ishga tushirildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Foto: 1News

“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmatiga ko‘ra, mutaxassislar xalqaro aeroportlarda barcha zarur infrastrukturani yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ikki koridor tizimining uzluksiz ishlashiga zamin yaratadi.

Bojxona chegarasidan o‘tayotgan aviayo‘lovchilar notijoriy maqsadlardagi tovarlar uchun deklaratsiya to‘ldirish shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” koridorni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bu choralar yo‘lovchi oqimi logistikasini yaxshilashi kutilmoqda.