O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik bo‘yicha boj undirish talabi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: “Gazeta.uz”

Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qarori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab, bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirish bo‘yicha talab bekor qilindi.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.