Messi va Ronaldusiz futbol o‘z rekordlarini kimga tortiq qilgan bo‘lardi, deb savol qo‘ydi “Championat.asia” hamda ular qo‘lga kiritayotgan yutuqlarsiz futbolni tasavvur qilishga urindi. Bunda nashr UEFA rasmiy sayti ma’lumotlariga suyandi.

Foto: Google Images

Chunki aynan ularning gegemonligi sabab futbol bir qator iste’dodlarni unutib qo‘yayotgani rost. Gap bunda sun’iylik haqida ketmayapti, ular shu qadar kuchli bo‘lib yetishdiki, o‘zaro raqobati bilan to‘fon misol barcha yutuqlarni yulib ketyapti. Mana 10 yildirki, Yevropadagi barcha rekordlar ularga tegishli bo‘lib qolishdan charchamayapti.

Chempionlar Ligasi to‘purari (saralashlari bilan)

  • Ayni paytda: Ronaldu — 115 gol
  • Ronaldu va Messisiz: Raul Gonsales — 71 gol

Yevrokuboklar to‘purari

  • Ayni paytda: Ronaldu — 117 gol
  • Ronaldu va Messisiz: Raul Gonsales — 77 gol

Twitter’da eng ko‘p obunachiga ega futbolchi

  • Ayni paytda: Ronaldu — 65,6 million
  • Ronaldu va Messisiz: Neymar — 35,8 million

Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega futbolchi

  • Ayni paytda: Ronaldu — 116 million
  • Ronaldu va Messisiz: Neymar — 85,1 million

Ikki buyuksiz Chempionlar Ligasi to‘purarlari

  • 2007/08: Fernando Torres, Didye Drogba, Stiven Jerrard
  • 2008/09: Stiven Jerrard, Miroslav Kloze
  • 2009/10: Ivitsa Olich
  • 2010/11: Mario Gomes, Samuel Eto’O
  • 2011/12: Mario Gomes
  • 2012/13: Robert Levandovski
  • 2013/14: Zlatan Ibrahimovich
  • 2014/15: Neymar
  • 2015/16: Robert Levandovski
  • 2016/17: Edinson Kavani, Robert Levandovski

Chempionlar Ligasining so‘nggi 10 yildagi to‘purarlari

  • Ayni paytda Ronaldu — 6 marta
  • Ronaldu va Messisiz: Ruud van Nistelroy, Robert Levandovski — 3 martadan

Chempionlar Ligasida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan

  • Ayni paytda: Ronaldu — 17 ta (2013/14)
  • Ronaldu va Messisiz: Ruud van Nistelroy — 12 ta (2002/03), Mario Gomes — 12 ta (2011/12)

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi (eng ko‘p)

  • Ayni paytda: Ronaldu —3 ta
  • Ronaldu va Messisiz: Xavi, Inyesta, Riberi, Noyer, Suares, Grizmann, Buffon — 1 martadan

“Oltin to‘p”ni eng ko‘p olgan futbolchi

  • Ayni paytda: Ronaldu va Messi — 5 martadan
  • Ronaldu va Messisiz: Platini, Kroyff, van Basten —3 martadan
P.S. Xavi, Inyesta va Neymar ikkitadan “Oltin to‘p”ga, Torres, Riberi, Noyer va Grizmann esa bir martadan jahonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lardi.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichida urilgan eng ko‘p gol

  • Ayni paytda: Messi va Ronaldu — 60 tadan
  • Ronaldu va Messisiz: Karim Benzema — 40 ta

Chempionlar Ligasidagi eng ko‘p xet-trik

  • Ayni paytda: Messi va Ronaldu —7 tadan
  • Ronaldu va Messisiz: Indzagi, Mario Gomes, Luis Adriano — 3 martadan