AQShning Konnektikut shtatida yashovchi Xezer Lindsi saraton kasalidan vafot etishidan bir necha soat avval turmushga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Facebook / Hospital people

Devid Mosher 2016-yil dekabrida Xezerga turmushga chiqishni taklif qilmoqchi edi. Unga ko‘krak saratoni kasali tashxisi qo‘yilganida ham kuyov fikridan qaytmadi.

Xezer yil davomida xastalikka qarshi kurashdi, 2017-yil oxirida esa turmushga chiqdi. Biroq oradan 18 soat o‘tib, hayotdan ko‘z yumdi.

Kelinning dugonasi Xezerning muhabbati o‘limdan qo‘rqmasligi uchun kuch berganini ta’kidladi.