Shveysariyadagi qahvaxonalardan birining vakillari stratosferaga shaurma solingan meteorologik zondni olib chiqdi. Zondda o‘rnatilgan kameralar orqali olingan videorolik Caters portalida namoyish etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yegulik ikki soatga yaqin parvozda bo‘ldi va 37 kilometr balandlikka ko‘tarildi, so‘ng daraxtga quladi.
Bu koinotga noodatiy narsa yuborish bilan bog‘liq ilk holat emas. Oldinroq u yerga pirog va Kanye Uestning krossovkasi ham olib chiqilgandi.
https://youtu.be/hLUspB6OF74