Janubiy Saxalinsk shahridagi Lenin maydonida joylashgan orolning bosh archasi Yangi yilga o‘tar kechasi yonib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Ridus”

Bayramni nishonlash uchun maydonga to‘plangan yuzlab shaharliklar va mehmonlar yong‘inga guvoh bo‘ldi.

25 metrli sun’iy daraxt butkul yonib ketishiga mushak otilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hodisada hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.