HMD kompaniyasi 2017-yil boshida Nokia 3310 modelini qayta chiqargan edi. Ammo ishlab chiqaruvchilar tez orada yangi telefonga Internetga tezkor ulanish yetishmayotganligini tushunib yetdi va Nokia 3310 3G’ni chiqardi. Endi esa, 2018-yilda 3310 4G’ni chiqarishga tayyorlanishmoqda, u bozorga ochiq Android boshlang‘ich kodiga asoslangan YunOS operatsion tizimi bilan chiqadi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar bermoqda.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Dastlab TA-1077 deb nomlangan qurilma Xitoydagi TENAA regulyatoridan sertifikat olish chog‘ida aniqlandi. Nokia 3310 (2018) 2017-yilgi Nokia 3310 dizayni bilan chiqadi. Ularning asosiy farqi operatsion tizimda bo‘ladi.

Biz Nokia 3310 4G’da oddiy Android-qurilmalarda uchraydigan WhatsApp yoki Viber kabi ba’zi dasturlarni, “qisqartirilgan” talqinda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.