Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida medallarga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar mamlakat hukumati tomonidan rag‘batlantiriladi. Bu haqda “Olamsport” nashri UzNews’ga asoslanib ma’lumot berdi.

Foto: Google

Unda aytilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning Anaxaym shahrida o‘tgan Jahon Chempionatida sovrindor bo‘lgan og‘ir atletikachilarni rag‘batlantirish borasidagi farmonga imzo chekkan. Barcha raqiblaridan yaxshiroq natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Doston Yoqubovga 12 ming AQSh dollari nasib qiladi.

Chempionatni kumush medal bilan yakunlagan Farhod Sobirov hamda Ivan Yefremovga 6 ming dollardan in’om etiladi. Adhamjon Ergashev esa qo‘lga kiritgan bronzasi uchun 3 ming dollarni o‘ziniki qilib oladi.

O‘zbekiston termasi AQSh mezbonligida o‘tgan Jahon Chempionatini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlagandi. Bunday marra mamlakat og‘ir atletikasi tarixida ilk bor zabt etildi. Faqatgina Eron va Janubiy Koreya atletlarigina O‘zbekistondan yaxshi natija qayd eta oldi xolos.

O‘zbekiston og‘ir atletika termasi tarixda ilk bor Jahon Chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Foto: MOQ