Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kirib kelayotgan 2018-yil bilan qutladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati saytida aytiladi.

Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyevga yo‘naltirilgan maktubda Vladimir Putin hamkorlikdagi harakatlar sharofati bilan o‘tib borayotgan yil Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar uchun muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi: ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni sifatli yangi bosqichga olib chiquvchi qator muhim bitimlar imzolandi.

Rossiya prezidenti ishonch bildirishicha, erishilgan yutuqlarga tayangan holda, Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligini va ittifoqdoshligini yanada rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida yanada faolroq hamkorlikka erishiladi.