Italiya A seriyasi klublari 19-turni yakunlab, yangi yil ta’tiliga chiqdi. Shu tariqa chempionatda birinchi davra o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Foto: Bleacher Report

28 yil deganda “Napoli” futbolchilari yangi yilni peshqadam sifatida qarshi oladigan bo‘ldi. So‘nggi bor bunday holat 1989-yilda kuzatilgandi. Shuningdek, kuchli beshlik milliy chempionatlari orasida faqatgina “Napoli” 2017-yil davomida birorta safar o‘yinini boy bermadi. Bunda o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmi va shu mavsumning birinchi yarmidagi ichki chempionat o‘yinlari inobatga olingan.

Ketma-ket 6 yil davomida A seriya chempionligini hech kimga bermay kelgan “Yuventus” neapolliklarni izma-iz ta’qib qilib kelmoqda. Ayni vaqtda jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi faqatgina 1 tani tashkil qiladi.

Milan shahri klublari esa ochko yo‘qotishda davom etdi. “Inter” markaziy o‘yinda “Latsio” qarshiligini sindira olmadi. Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” ham oson bo‘lmagan o‘yinda “Fiorentina” maydonida durang qayd etdi.

Shuningdek, Rimning “Roma” klubi ham kutilmaganda 2 ochko boy berib, chempionlik yo‘lidagi kurashini kuchsizlantirib qo‘ydi.

Italiya A seriyasi

19-tur o‘yinlari

29-dekabr, juma

“Krotone” — “Napoli” 0:1

Gol: Marek Hamshik, 17 (0:1).

30-dekabr, shanba

“Fiorentina” — “Milan” 1:1

Gollar: Jovanni Simeone, 71 (1:0). Hoqon Chalxonoglu, 74 (1:1).

“Torino” — “Jenoa” 0:0

“Sampdoriya” — “Spal” 2:0

Gollar: Fabio Kvalyarella, 92-pen (1:0). Fabio Kvalyarella, 94 (2:0).

“Roma” — “Sassuolo” 1:1

Gollar: Lorentso Pellegrini, 31 (1:0). Simone Missiroli, 78 (1:1).

“Atalanta” — “Kalyari” 1:2

Gollar: Leonardo Pavoletti, 6 (0:1). Simone Padoin, 23 (0:2). Alexandro Gomes, 91+ (1:2).

Chetlatish: Senna Miang, 96+ (K).

“Inter” — “Latsio” 0:0

“Verona” — “Yuventus” 1:3

Gollar: Blez Matyuidi, 6 (0:1). Martin Kaseres, 59 (1:1). Paulo Dibala, 72 (1:2). Paulo Dibala, 78 (1:3).

Foto: FotMob