2017-yilda gadjetlar va texnologiyalar olamida ko‘plab olamshumul hodisalar yuz berdi. “Hi-tech Mail.ru” yil yakunida ana shu yirik hodisalarga e’tibor qaratdi.

Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlari

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

2017-yilda bir qancha yaxshi Android smartfonlar taqdim etilganiga qaramasdan, nashr Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlariga yilning eng yaxshi smartfoni unvonini berdi. Bu qurilmalar Note 7 ning omadsizligidan so‘ng kompaniyaning qayta tiklanishiga imkon berdi.

Yangi iPhone va Face ID

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Apple uch yillik kuttirishlardan so‘ng yangi iPhone’ni taqdim etdi. iPhone X ni yaratganlarning eng muhim qadami Home tugmasi va Touch ID skaneridan butunlay voz kechgani bo‘ldi. Ularning o‘rnini Face ID egalladi.

DJI Spark droni

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Xitoyning DJI kompaniyasi dronografiya sohasining keng qamrovli rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Turli toifa foydalanuvchilariga mo‘ljallangan uchuvchisiz qurilmalar kompaniya tomonidan taqdim etildi. DJI Spark droni o‘zining oddiyligi va boshqarish uchun tushunarliligi bilan foydalanuvchilar orasida o‘z o‘rnini topdi. Vazni 300 grammni tashkil qiluvchi dron Full HD formatida tasvirga oladi.

Acer Predator 21X noutbuki

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Acer kompaniyasi narxi 12 ming dollardan yuqori bo‘lgan va o‘yinlar uchun mo‘ljallangan Predator 21X noutbukini taqdim etdi. 21 dyuyumli ekranga ega noutbuk i7-7820HK protsessori, 64 gigabaytli operativ xotira, ikkita GTX 1080 videokarta, mexanik klaviatura va almashadigan tachpad bilan jihozlangan.