DHC-2 Beaver tipidagi yengil samolyot Avstraliyaning Sidney shahridan shimolroqdagi Xoksberi daryosiga quladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Samolyot bortida bo‘lgan barcha odam, jami olti kishi halok bo‘ldi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, halokatning to‘rt qurboni Buyuk Britaniya tabaalari edi. Shuningdek, bortda 11 yoshli bola bor edi.
Samolyot hali daryo tubidan ko‘tarilmadi. Qutqaruv xizmati xodimlari uchta tanani olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Fojia sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)