31-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Said Shahobuddin Temuriy va Toshkentda bo‘lib turgan Afg‘onistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Samir Javodni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida nihoyasiga yetayotgan 2017-yilda O‘zbekiston – Afg‘oniston munosabatlarining yakunlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining 4–6-dekabrdagi mamlakatga rasmiy tashrifi va uning samarali natijalari ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa ochdi hamda unga ko‘p qirrali va unumli tus berdi.
Uchrashuvda 2018-yilda O‘zbekiston – Afg‘oniston hamkorligining ba’zi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)