30-dekabr kuni 4R6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” trassasining 69-kilometrida yo‘lning qatnov qismi ko‘chki oqibatida jiddiy zarar ko‘rdi va shu tufayli mazkur yo‘nalishda qatnovlar vaqtincha yopilgan. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda qatnovlar eski aylanma yo‘l orqali yengil avtomobillarda amalga oshirilmoqda.

Eski yo‘l ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradigan vaqtlarda ayniqsa talablarga javob bermasligi sabab, Chimyonga avtobus va mikroavtobuslarda harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan.