Tailandlik Pudit Kittitradilok moliyaviy ehrom yaratgani uchun 13 000 (o‘n uch ming) yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto Getty Imajes

40 mingga yaqin kishi uning firibgarligidan aziyat chekkan. Ular Puditning kompaniyalariga jami 160 million dollar mablag‘ kiritgan edi.

Kittitradilok firibgarlikdagi ayblovning 2 653 punkti bo‘yicha aybdor deb topildi. U aybini chin dildan tan olgani uchun qamoq muddati 6 600 (olti ming olti yuz) yilgacha kamaytirilgan.