AQSh go‘sht eksportchilari federatsiyasi (USMEF) O‘zbekiston Amerika mol go‘shtini yetkazib berish hajmini oshirish niyatida. Bu haqda federatsiyaning MDHdagi vakili Galina Kochubeyeva ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Spot.uz”.

Foto: “Spot.uz”

Uning so‘zlaiga ko‘ra, hozirgi vaqtda Amerika mol go‘shtini faqatgina Toshkentning ba’zi restoranlarida uchratish mumkin, xolos. Ammo O‘zbekistonning tashqi iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, mahsulot yetkazib berish hajmini oshirishga umid qilsa bo‘ladi.

“Hozirgi vaqtda AQShdan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan go‘shtning katta qismi samolyotlarda tashilmoqda, bu esa qimmat. Kelajakda biz boshqacha tashish yo‘nalishlarini topishimiz mumkin”, — dedi Galina Kochubeyeva.

Ma’lum bo‘lishicha, USMEF Toshkentning alohida restoranlariga Amerika mol go‘shtini yetkazib berishni allaqachon yo‘lga qo‘ygan. Federatsiya vamkillarining qayd etishicha, O‘zbekiston valyuta siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar, xususan, konvertatsiyaning ochilishi amerikalik ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi.