2017-yilda O‘zbekiston davlat saytlariga 72 ta hujum uyushtirildi. Bu haqda, Jamoat va axborot xavfsizligi markazi ma’lumotlariga asoslanib, “Spot.uz” xabar bermoqda.

Foto: Google Images

Ushbu hujumlarning 60 tasida sayt bosh sahifasining ko‘rinishi o‘zgartirilgan (defeys qilingan), 12 holatda esa ma’lumotlar noqonuniy ravishda yuklab olingan.

Eng ko‘p CMS Joomla tizimida ishlaydigan davlat saytlari hujumga uchragan (21 marta). Undan keyingi o‘rinlarda Wordpress (19 holat), 1C-Bitrix (7 holat) va Drupal (5 holat) bormoqda.