Isroilning Tel-Aviv shahri markazida joylashgan Itsxak Rabin maydonida Lego kublaridan yasalgan dunyodagi eng uzun minora ochildi, deb xabar beradi Tjournal.

Foto: Tjournal

Uning balandligi 36 metrni tashkil etadi. Bu esa o‘tgan yili Germaniyada o‘rnatilgan rekord natijadan yarim metrga uzunroqdir.

Minora qurilishiga yarim millionta plastmassa detaldan foydalanildi. Uni qurish uchun bir sutka vaqt sarflandi.

Foto: Tjournal

Mahalliy meriya xodimlari ko‘ngillilar bilan birgalikda ikki haftaga yaqin muddatda mayda qismlardan alohida bloklarni yig‘di. So‘ng ular bir-birining ustiga terib chiqildi.

Konstruksiya Lego o‘yinchog‘ining ishqibozi bo‘lgan va 2014-yilda saratondan vafot etgan sakkiz yoshli Omer Siyag ismli bola sharafiga “Omer minorasi” deb nomlandi.