Tataristonda yo‘qolib qolgan bolani qutqarishda ishtirok etgan ayolning o‘zi qor bosgan lyukka tushib ketdi va o‘sha yerda unga duch keldi. Bu haqda respublika FVV ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Shutterstock

Hodisa Cheremshan qishlog‘ida 24-dekabr kuni ro‘y berdi. 10 yashar o‘g‘il bolani qidirishga 120 kishi jalb etildi. Ular orasida Cheremshan tumani fuqarolik himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Guliya Yarullina ham bor edi.

Qidirish chog‘i ayol qor bosgan ochiq lyukka tushib ketdi. Yo‘qolgan bola ham o‘sha yerda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qulash chog‘ida Yarullinaning umurtqasi shikastlandi va kasalxonaga yotqizildi.

Bola o‘zini sovuqqa oldirgani va u ham kasalxonaga yotqizilgani bildirilmoqda. Shifokorlarga ko‘ra, yana bir soat o‘rada qolib ketganida, uni saqlab qolishning iloji bo‘lmasdi.