Qohiradan janubga hujum oqibatida Misr kuch tuzilmalarining uch nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda 29-dekabr, juma kuni Al Balad yangiliklar portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
28-dekabr, payshanba kuni noma’lum kishilar Beni-Sueyf viloyati trassasida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktidagi tartib qo‘riqchilariga qarata o‘t ochgan. Oqibatda ikki ofitser va bir askar halok bo‘ldi.
Avvalroq 28-dekabr, payshanba kuni kechqurun Sinay shimolida ekstremistlarga qarshi reydlar davomida Misr Qurolli kuchlarining olti nafar harbiy xizmatchisi — ofitser va besh nafar askar halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)