Meksikaning Janubiy Quyi Kaliforniya shtati, Los-Kabos munitsipalitetidagi qamoqxonadan mahbuslar qochishga urinishi mazkur muassasa direktorini infarktga duchor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Shtat jamoat xavfsizligi vazirligiga ko‘ra, bir guruh mahbuslar 28-dekabr, payshanba kuni tushki payt qochishga harakat qilib, soqchilarga tashlandi. Javob o‘ti bilan ulardan biri o‘ldirildi, boshqasi yaralandi.

Shuningdek, qarindoshini yo‘qlagani kelgan ayol ham jarohat oldi.

Qochishga urinish haqida qamoqxona direktori Xulian Diasga xabar yetganida uning yuragi xuruj qildi. U kasalxonaga yetib-yetmay, infarkt oqibatida olamdan o‘tdi.