O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Puchon universiteti (Janubiy Koreya) o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Foto: UzDaily

Janubiy Koreya universiteti delegatsiyasi O‘zbekison Maktabchaga ta’lim vazirligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjat doirasida tomonlar pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha birgalikdagi dasturlarni, seminarlar va anjumanlarni tashkil etish orqali tajriba almashadilar.

Puchon universiteti Janubiy Koreyadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu dargohda 26 ta fakultet faoliyat ko‘rsatadi.