Kamboja politsiyachilari yashirin janglar tashkilotchilaridan musodara qilingan 92 ta xo‘rozni o‘zlariga taom uchun ishlatdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Xo‘rozlar dekabr oyi boshida qishloq joylaridagi yashirin jang o‘tkaziladigan ikki manzilda o‘tkazilgan tinuvdan so‘ng politsiya ixtiyorida qoldi. Ularni so‘yib, go‘shtini politsiya xodimlariga ulashishga qaror qilindi.

Janglar o‘tkazishni tashkillagan shaxslar esa keyinroq o‘tash sharti bilan yengil jazolarga hukm qilindi. Ular orasida mamlakakt bosh vazirining qarindoshi ham bor.