2018-yil 1-yanvaridan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot muassasalarida ishlayotgan nafaqaxo‘r shifokorlar pensiya pulini to‘liq hajmda oladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, qabul qilingan qaror qishloqlarda va olis tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Izoh (0)