2017-yil bir qator rekordlarni yangilashga erishgan “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn haftasiga 110 ming funt sterling maosh oladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Keyn APLda 34 futbolchidan ortda qolib ketgan.
Harri Keyn butun bir yil davomida TOP-5 chempionatlarida to‘p surgan hammadan ko‘p gol urdi. Hammadan ko‘p xet-trik qayd etdi. U yil davomida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi kabi futbolchilarni ortda qoldirdi, APLda esa afsonaviy Alan Shirerning rekordini yangiladi. Biroq maosh borasida uning anchagina kamtar ekanini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)