NASA qishki Marsning sayyoralararo Mars Reconnaissance Orbiter stansiyasi tomonidan olingan suratlarini e’lon qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”

Foto: NASA

Ta’kidlanishicha, haroratning pasayishi sayyoraning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Atmosferadagi uglerod gazi quruq muzga aylanib, sayyora yuzasini qoplab oladi va turli naqshlar hosil qiladi.

Foto: NASA

Foto: NASA

“Bahor” kelishi bilan muz yoriladi va bug‘lanib ketadi. Shundan so‘ng Qizilsayyoraning yuzasi yana o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi.