Uzoq kutishlardan so‘ng tomoshabinlar, va nihoyat, shaharning 360 darajadagi ajoyib ko‘rinishidan bahramand bo‘lishi mumkin. Endilikda Dubay fuqarolari va sayyohlar yangi yil dam olish kunlarida Dubay romining 150 metrlik tomosha maydonchasiga ko‘tarilishi mumkin, deb yozadi UAEInside.
Har kuni 10:00 dan 19:00 ga qadar fuqarolar va sayyohlar shaharni butunlay yangi rakursdan ko‘rishi mumkin. Chipta kattalar uchun 50 dirham, bolalar uchun 20 dirham (3 yoshdan 12 yoshgacha), 60 yoshdan kattalar uchun esa kirish tekin.
Dubay romi bir soatda 200 kishini qabul qila oladi. Chiptalarni rasmiy saytda buyurtma qilish va elektron chiptani kirishda telefondan ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida tashrif buyuruvchilarga shahar tarixi haqidagi interaktiv shou namoyish etiladi, shuningdek, virtual reallik ko‘zoynagi yordamida kelajak Dubayini tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)