AQShda baliqchi o‘zi tutib olgan akulani qo‘yib yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lidan ajralishiga bir bahya qoldi. “RIA Novosti” hodisa aks etgan videoga e’tibor qaratdi.

Videoda ko‘rinadiki, erkak ombir bilan yirtqichning og‘zidagi qarmoqni olishga uringan. Shu paytgacha “hushsiz” yotgan akula o‘z qutqaruvchisining qo‘lidan tishlab olishga uringan.

Baliqchi epchillik qilgan va qo‘lini tortib olgan. Shundan so‘ng akula tinchlangan, erkak baribir qarmoqni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan va akulani dengizga qo‘yib yuborgan.