Tojikiston parlamenti mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritdi. Unga ko‘ra, keksa ota-onasini qaramog‘iga olishdan bosh tortgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytiriladi, deb xabar beradi EADaily.
2016-yili Tojikiston konstitutsiyasiga qo‘shimcha band kiritilib, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining ijtimoiy ta’minoti uchun javobgar etib belgilangan edi.
Oxirgi yillarda iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi bilan ota-onalar farzandlaridan aliment olish uchun sudga murojaat qilishlari bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. Shu munosabat bilan jinoiy qonunchilikni qattiqqo‘llashtirishga qaror qilindi.
Oldin ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilmagan farzand 120–180 soatlik axloq tuzatish ishlariga jalb qilinar edi. Endilikda bu jinoyatni sodir etgan shaxs ikki yillik axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi yoki shuncha muddatga qamalishi mumkin ekan.
Izoh (0)