Rossiya oliy sudiga Telegram yuristlaridan Federal xavfsizlik xizmatining xabarlar matnini oshkor etish bo‘yicha qarorini bekor qilish yuzasidan da’vo kelib tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos

Da’vo 26-dekabr kuni olindi va sudyaga topshirildi. Sud uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish yoki qilmasligi 3 kun mobaynida hal bo‘ladi.

Messenjer nomidan ish ko‘rayotgan “Agora” huquq himoyachilari guruhi Oliy suddan FXXning joriy yil 19-iyulidagi buyrug‘ini bekor qilishni so‘ramoqda. Mazkur hujjat “tashkilotchilar tomonidan xabarlar matnini o‘qish uchun zarur ma’lumotni taqdim etish” tartibini belgilab beradi.

Yuristlarga ko‘ra, yozishma maxfiyligi faqat ma’lum sharoitda va qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi sababli buyruq jinoiy-protsessual qonunchilikka zid hisoblanadi