Paleontologlar Kanadaning shimoli-g‘arbida g‘ayritabiiy mavjudotning qoldiqlarini topdi. Mavjudot Ridli Skottning “Begona” filmidagi mavjudotga o‘xshaydi. U barcha o‘rgimchaklar ajdodining qarindoshi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Olimlarning ma’lum qilishicha, Habelia’ning murakkab paypaslagichlar va jag‘ tizimi uning xavfli va shafqatsiz yirtqich bo‘lganini ko‘rsatadi. Ular juda tez harakatlangan va dastlabki Yer okeanining eng kuchli zirhlangan jonzotlarini ham qismlarga bo‘lib tashlay olgan.

“Begona”ning haqiqiy o‘xshashi dastlabki dengiz va ko‘llar tubini taxminan 510—500 million yillar avval dahshatga solgan.