Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalida to‘p suradigan ikkinchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. Bungacha Rimning “Latsio” klubi birinchi chiptani yutib olgan bo‘lsa, endi “Milan” futbolchilari shunday baxtga erishdi.

Foto: FotMob

Bu borada Jennaro Gattuzo shogirdlari Milan derbisida “Inter”ga qarshi saf tortdi. Bellashuvning asosiy daqiqasida hisob ochilmagach, hakamlar 15 daqiqadan 2 ta qo‘shimcha taym belgiladi. Derbidagi yagona gol 104-daqiqada Patrik Kutrone tomonidan kiritildi va “Milan” hamshahrini chorak finalda qoldirib ketdi.

A seriyada uchinchi bo‘lib turgan Spaletti murabbiyligidagi “Inter” chempionat doirasida “Milan”ni taslim qilishga erishgandi — 3:2. Garchi A seriyada “Milan”ning omadi chopmayotgan bo‘lsa-da, Gattuzo mamlakat kubogiga ega chiqish uchun muhim qadam tashlay oldi.

Italiya Kubogi

1/4 final

26-dekabr, seshanba

“Latsio” — “Fiorentina” 1:0

Gol: Senad Lulich, 5 (1:0).

27-dekabr, chorshanba

“Milan” — “Inter” 1:0

Gol: Patrik Kutrone, 104 (1:0).

2-yanvar, seshanba

“Napoli” — “Atalanta”

3-yanvar, chorshanba

“Yuventus” — “Torino”