AQSh va Shveysariya olimlari qanday qilib gidra qarilikdan qutulib qolishini tushuntirib berdi. Biologlar poliplarning regeneratsion qobiliyatini o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi va bunda epiteliy to‘qimalari, xususan, autofagiyaning zararlanishini aniqladi. Bu jarayon hayvonning uzoq hayoti uchun muhimligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot  natijalari bioRxiv repozitorida e’lon qilingan.

Foto: Google Images

Olimlarning fikricha, polip gidrasi qarilikni o‘rganishda ko‘proq mos tushadigan model hisoblanadi. Bundan tashqari, gidraning genomida hasharotlar hujayrasida uchramaydigan odamga xos genlarning sezilarli qismi bor. Bu poliplar qarishning sezilarsiz belgilarini namoyon qiladi.