Falastin xalqi Amerika provokatsiyasiga uchmaydi va Isroil istilosi qarshisida chekinmaydi. Bu haqda 27-dekabr, chorshanba kuni Falastin mahbuslar ishlari bo‘yicha vaziri Issa Karak ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Falastin xalqi Amerika provokatsiyasiga uchmaydi, Isroil istilosi qarshisida chekinmaydi va o‘zining barcha huquqlarini amalga oshirguncha, jumladan, poytaxti Quddusda bo‘lgan davlatini tashkil etgunga qadar qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi”, — deya ta’kidladi u.
Vazir AQSh prezidenti Donald Trampning qarorini keskin qoraladi. Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh o‘zini mintaqadagi tinchlik jarayoni homiysi sifatida emas, Isroil istilosi tarafdori va ittifoqchisi sifatida namoyon etgan.
Izoh (0)