Britaniyalik Rob Uitvort va Jiti Singx Shimoliy Koreyada hayot haqiqatda qanday ekanligini tasvirlangan ko‘ngilochar videoni olishga qaror qildi. Ular ushbu mamlakat haqidagi turli qo‘rqinchi mish-mishlarning rost yoki yolg‘onligini isbotlashga urindi. Umuman olganda, ikki nafar ingliz qo‘rqinchi yoki hayratlanarli narsaga duch kelmagan. Kutilgan shov-shuvli kadrlar o‘rniga ular ancha tinch, tartibli va biroz eskicha uslubdagi shaharni suratga olishdi, deb xabar berdi TravelAsk.