Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finaliga birinchilardan bo‘lib Rimning “Latsio” klubi yo‘l oldi.

Foto: Google Images

Chorak finalda “burgutlar” “Fiorentina” ustidan zafar quchishga erishdi. Bungacha Rimning boshqa bir klubi “Roma” o‘z uyida “Torino”dan yengilib, kubok bellashuvlaridan chiqib ketgandi.

Mazkur bosqichning yana bir o‘yini bugun — 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Milan derbisi maqomida o‘tadigan mazkur bellashuvdan keyin shahar jamoalaridan biri kubok bilan xayrlashadi. A seriya doirasida mazkur klublar 8-tur doirasida to‘qnash kelganida, “Inter” 3:2 hisobida zafar quchgandi.

Italiya Kubogi

1/4 final

26-dekabr, seshanba

“Latsio” — “Fiorentina” 1:0

Gol: Senad Lulich, 5 (1:0).

27-dekabr, chorshanba

“Milan” — “Inter” 00:45

2-yanvar, seshanba

“Napoli” — “Atalanta”

3-yanvar, chorshanba

“Yuventus” — “Torino”