Google qidiruv tizimi AQShda 2017-yilda eng ommabop bo‘lgan avtomobil markalari ro‘yxatini ma’lum qildi. Reyting eng ko‘p izlangan so‘rovlar asosida tuzilgan. Ro‘yxatga o‘nta kompaniyaning mashinalari kirgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Foto: “Motor”

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ford egallagan. Uchlikka Lexus va Kia kirgan. Shuningdek, reytingda Toyota, Honda, Buick, Acura, Hyundai, Tesla va Dodge markalarini ko‘rish mumkin.