Maksim Galkinning Instagram’dagi obunachilari “Luchshe vsex!” (“Hammadan yaxshi!”) ko‘rsatuvini suratga olish jarayoni aks etgan fotosuratlarni izohlar ekan, shou tashkilotchilarini diskriminatsiya va poraxo‘rlikda aybladi.

Foto: Rambler News

Teleboshlovchi ishtirokchi bolalar bilan olingan fotosuratlar ketma-ketligini joyladi.

Shou muxlislari izohlarda bolalarga teng qiymatli bo‘lmagan sovg‘alar berilishini qayd etdi.

“Maks, nima uchun bolalarga medal bilan birga shirinliklar va o‘yinchoqlarga to‘la ryukzaklar beriladi? Ko‘rsatuvdagi poraxo‘rlikni yo‘qot… Nima uchun bir xil bolalarga sovg‘a beriladi, boshqalariga esa berilmaydi? Axir bu bola uchun katta travma-ku. Psixologlaringiz qayoqqa qarayapti?” — deb yozdi muxlislardan biri.

Yana kimdir ko‘rsatuvda “puli to‘lab qo‘yilgan” bolalar chiqishini taxmin qildi. “Birinchi sonlari juda kuchli edi: daho bolalar yoki chempion bolalar chiqardi! Endi esa dasturni cho‘zish uchun hammani qatorasiga olshyapti. Ishtirok etish esa bepul deb o‘ylamayman — sovg‘alar ham shundan!” — deya jahl bilan izoh yozdi u.